Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekzod Narimonov ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylandi

Bekzod Narimonov ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylandi

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi birinchi qismining 16-bandi hamda «Oliy majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasiga asosan Bekzod Narimonovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga saylash tavsiya etildi.

Majlisda deputatlar muhokamalardan so‘ng B.Narimonov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga sayladilar va mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring