Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beeline Uzbekistan ayollar yetakchiligi sohasidagi «Tenglar ichida yetakchi» mukofotini qo‘llab-quvvatladi

Beeline Uzbekistan ayollar yetakchiligi sohasidagi «Tenglar ichida yetakchi» mukofotini qo‘llab-quvvatladi

«Kursiv» ishbilarmonlik nashri tomonidan tashkil etilgan «Tenglar orasida yetakchi» taqdirlash marosimi 14 dekabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Beeline Uzbekistan O‘zbekistonda ayollar va gender tengligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi loyiha va tashabbuslar uchun «Tenglar ichida yetakchi» ayollar yetakchiligi sohasidagi birinchi mukofotning hamkori sifatida ishtirok etdi. Tanlovda korxona va kompaniyalarning faol vakillari hamda Markaziy Osiyoda ayollar huquqlarini himoya qiluvchi, ayollar yetakchiligini rivojlantirayotgan jamoat arboblari ishtirok etdi.

John Deere kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy dileri marketing bo‘limi boshlig‘i Leyla Allayorova 2023 yilda «Qishloq xo‘jaligida tenglar ichida yetakchi» deb topildi.

«Ishlab chiqarishda tenglar ichida yetakchi» mukofotini Zebra Jalyuzi kompaniyasining savdo bo‘limi boshlig‘i Yana Dadeush oldi.

FDG Group operatsion direktori Venera Xadeyeva «Qurilishda tenglar ichida yetakchi» deb topildi.

Payme marketing direktori Nodira Shermatova «Moliya bo‘yicha tenglar ichida yetakchi» bo‘ldi.

«AKT sohasida tenglar ichida yetakchi» mukofoti Uzum Market katta huquqshunos-konsultanti Nargiza Soipovaga topshirildi.

Korzinka savdo tarmog‘i ayollarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish bo‘yicha tashabbusi uchun «Ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi korporativ loyiha» sifatida tan olindi.

Wonder Woman hamjamiyat jamoasi «Ayollarni biznesda rag‘batlantirish bo‘yicha eng yaxshi tashabbus» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

SABR Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish markazi «O‘zbekiston ayollarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi loyiha» deb topildi.

«Ayollar uchun eng yaxshi xalqaro tashabbus» BMT jamg‘armasining «O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradosh hududlarida hamkorlik orqali umumiy farovonlik» loyihasi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Business Woman ayollar tadbirkorlik maktabi, Woman Up Team University va Care CSR dasturi uchun «Kursiv» biznes-nashrining maxsus mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

«Beeline Uzbekistan’da biz jamoamizning har bir a’zosiga alohida e’tibor qaratamiz, ularning professional rivojlanishiga sarmoya kiritishga intilamiz. Ushbu mukofotni qo‘llab-quvvatlaganimiz teng imkoniyatlar yaratish va hamkasblarimizning iste’dodini e’tirof etish yo‘lidagi yana bir qadamimizdir», — deya ta’kidlaydi Beeline Uzbekistan xodimlarni boshqarish, tashkiliy rivojlantirish va ma’muriy qo‘llab-quvvatlash bo‘limi direktori Sofiya Gaynutdinova.

Avvalroq kompaniya O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda axborot texnologiyalari sohasida ishlayotgan va biznes yurituvchi ayollarni birlashtirgan ayollarning IT-startaplarini qo‘llab-quvvatlash Tumaris.Tech dasturining titul hamkori sifatida ham faoliyat yuritgan. Kompaniya ko‘magida Markaziy Osiyodan 500 nafar yosh dasturchi ayollarni birlashtirgan keng ko‘lamli tadbir — xakaton o‘tkazildi.

«Kompaniyamiz ayollarni faol qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish madaniyatini shakllantirmoqda. Biz kompaniyamizda har bir xodimamiz o‘z professional salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va o‘sishi uchun sharoit va muhit yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib olganmiz. Bu falsafa «2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish bo‘yicha Milliy strategiya»ga mos keladi», — deya izoh berdi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrzej Malinowski.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan’da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring