Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BBC o‘zbek xizmati birinchi marta O‘zbekistonda mukofotlandi

BBC o‘zbek xizmati birinchi marta O‘zbekistonda mukofotlandi

Foto: «Turon24»

Kecha, 10-dekabr kuni o‘tgan Ijtimoiy media mahsulotlari X Milliy festivalida BBC o‘zbek xizmati «O‘zbekiston do‘stlari» diplomi va esdalik belgisi bilan taqdirlandi. Bunday mukofot O‘zbekistonda BBCga birinchi marta berilishidir, deyiladi «Turon24» xabarida.

«To‘g‘risi kutmagandim. BBC o‘zbek xizmati bir necha xalqaro mukofotlarni olgan. Ammo O‘zbekistonda hech qachon bu tarzda taqdirlanmagan. BBC birinchi marta O‘zbekistonda do‘st sifatida taqdirlandi. Umid qilamanki, bu taqdirlov o‘zbek hukumatining BBCga nisbatan munosabati iliqlashgani, qandaydir ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgani nishonasidir. Bibisi dunyoni O‘zbekistonga, O‘zbekistonni dunyoga tanitishda davom etadi», deydi o‘zbek xizmati bosh muharriri Xayrullo Fayz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring