Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxt va muvaffaqiyat kaliti nima?

Baxt va muvaffaqiyat kaliti nima?

Mashhur olim Tomas Edison o‘zining ovozini yozib olib, eshitadigan apparat kashf etgach, modellar yasaydigan konstruktorga murojaat qildi. Unga qalamda yozilgan g‘oyalarini ko‘rsatdi va mazkur apparatning harakat qiladigan modelini yasashni so‘radi.

─ Bu mutlaqo mumkin emas! ─ dedi usta rasmga nazar tashlar ekan. ─ Men hech qachon bu matohni ishlashga majbur qila olmayman.

─ Nega bunday deb o‘ylaysiz? ─ so‘radi Edison.

─ Chunki hozirgacha hech kim gapiradigan apparat yaratgani yo‘q, ─ deb tushuntirdi modellar konstruktori.

Edison bosh irg‘ab, bu hukmga ko‘nishi va gapiradigan mashina g‘oyasidan voz kechishi mumkin edi. Ammo uning tafakkuri bunga yo‘l qo‘ymadi.

─ Mana shu rasmda tasvirlangan modelni yasang, ─ deb talab qildi Edison. ─ Agar ishlamasa, mening garovda yutqazganim bo‘lsin.

G‘oya va rejalarini o‘zidagi ishonch bilan mustahkamlagan kishi muvaffaqiyatsizliklarning birinchi alomatlari nishona bergan zahoti ortga chekingan odamlarga nisbatan ancha-muncha afzalliklarga ega bo‘ladi.

Usta ishga kirishdi va u tayyorlagan apparat ishlab ketdi.

Muvaffaqiyat o‘ziga ishonmagan kishiga hech qachon yaqin yo‘lamaydi. U hamisha biror narsani bilgan, istagan va qo‘lga kiritishga qat’iy yondashgan inson bilan yonma-yon yuradi, «mutlaqo mumkin emas» degan so‘zga aslo ko‘nmaydi.

Amerikada muvaffaqiyat qozongan menejerlardan biri sug‘urta ishi bilan mashg‘ul barcha agentlaridan bir narsani talab qilgan. Ularning har biri kamida besh daqiqa oynaga qarab, shunday so‘zlarni takrorlashi kerak edi: «Sen dunyodagi eng ajoyib agentsan, buni shu bugun isbotlaysan, ertaga ham, har doim ham».

Va har biri o‘zining xotini bilan kelishgan, shunga muvofiq ular erini quyidagi so‘zlarni aytib, ishga kuzatishi lozim edi: «Siz dunyodagi eng buyuk sug‘urta agentisiz, buni shu bugun isbotlaysiz!»

Ushbu sug‘urta agentlari o‘z sohalarida eng peshqadam o‘rinni egalladilar. Vaholanki, sug‘urtani hech kim o‘z ixtiyori bilan sotib olmaydi, agentlar uni sotishlari shart.

Inson botiniy ongi misli ko‘rilmagan imkoniyatlarga ega, uni har bir odam rivojlantirib, kerakli yo‘nalish bera oladi. Afsuski, ko‘pgina odamlar bunga ishonmaydi. Botiniy ongni boshqarish, u bilan gaplashish va unga buyruqlar berish mumkin. Agar uni bamisoli ko‘rinmas odam desak, yetarli darajada xohish va kuch-quvvatga ega bo‘lib, nima talab qilinsa, borini amalga oshirishga qodir.

Botiniy ongning o‘ziga xos jihati shundaki, u hammaga ishonadi, unga nima deyilsa, shunga muvofiq harakat qiladi.

Botiniy ong faqat so‘zlarga ishonib, ularga muvofiq holatga tushibgina qolmaydi. Hayratlanarli jihati, u o‘y-fikrlarga ham muvofiq keladi, ayniqsa, ishonch yoki qo‘rquv hissiyotlari bilan yo‘g‘rilganlarga mos bo‘ladi.

Botiniy ongga fikr yoki so‘zlar takrorlansa, yaxshi boshqariladi. Uning ana shu o‘ziga xos xususiyatini baxt-saodat kaliti deb hisoblash mumkin.

Biz oddiy vosita yordamida botiniy ongdan har qanday maqsadni qo‘lga kiritishda foydalanishimiz, uni ishlashga majbur qilishimiz mumkin. Botiniy ong, shuningdek, inson nima uchun o‘zini kambag‘allik, yo‘qchilik, baxtsizlik va kasalliklarga, ya’ni nimani istamasa, aynan shunga mahkum bo‘lishini ham izohlab beradi. Muvaffaqiyat qozongan kishi o‘z ongini shunday yo‘naltiradiki, botiniy ong oldida zaruriy maqsad va vazifalarni ta’minlash imkoniyati yuzaga keladi.

Ongning bu tizimi samarali ekanligi sababi, unda istamaydigan narsani o‘ziga jalb etish imkoniyati qolmaydi. Botiniy ongdagi ko‘rishning aniq texnologiyasi unchalik muhim emas. Takrorlash bo‘ladimi yoki biror timsolning aniq tasavvurimi, eng asosiysi, bu botiniy ongga qadar yetib borsin.

Siz baxtli-saodatli bo‘lmoqchimisiz? Muvaffaqiyat kalitini qo‘lga kiritmoqchimisiz? Botiniy ongdan foydalaning, uni o‘zingizga nisbatan ishonchni rivojlantirishda qo‘llay biling. Ana shunda bu tizimni barcha ishlaringizda ishonchli yordamchiga aylantira olasiz.

(Napoleon Xill kitobidan)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring