Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir Qurbonovga yuksak harbiy unvon berildi

Bahodir Qurbonovga yuksak harbiy unvon berildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovga general-leytenant harbiy unvoni berildi. Bu haqda «Kun.uz» ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 13-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangandi. 14-yanvar kuni mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim ishtirokchilari orasida Bahodir Qurbonov ham bor edi.

Bahodir Qurbonov 2015—2018-yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan. 2018-yil fevralida u general mayor harbiy unvonini olib, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida ish boshlagan. 2019-yil fevralida esa O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlangandi.

Ma’lumot uchun, general-leytenant harbiy unvoni O‘zbekistonda darajasi jihatidan armiya generali va general-polkovnik unvonlaridan keyin 3-o‘rinda turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring