Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Azon.uz»: tayyor oshga bakovul topildimi?

«Azon.uz»: tayyor oshga bakovul topildimi?

«Azon.uz» axborot-tahliliy portali rahbari Muhammad Temur A’zamning fig‘oni falakda! Sababiki, tayyor oshga bakovul topilibdi. Hamkasbimiz yozadi:

«...«Azon.uz» sayti 2017-yilning sentyabr oyidan rasman faoliyat boshladi. Shu yilning dekabr oyida onlayn radio, ya’ni AzonFM faoliyatini yo‘lga qo‘ydik.

2019-yilning fevral oyida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib AzonTV ilmiy-ma’rifiy onlayn telekanali faoliyat ko‘rsata boshladi.

Faoliyatimizni boshlaganimizdan beri Qur’on va Sunnatni o‘rganib, iymon va kufrni, yaxshi va yomonni, halol va haromni farqlash zarurligini, Ahli Sunna val jamoa mazhabi asosida aqida sofligi, din musaffoligi yo‘lida harakat qilish barcha musulmonlar uchun eng to‘g‘ri yo‘l ekanini, Islomning o‘z nomiga munosib ravishda kishilarni adolat, yaxshilik, ehson, rahmdillik, mehr-shafqat, o‘rtachalik, mo‘’tadillik, ezgulikka buyurishini, aksincha - zulm, istibdod, fasod, yomonlik, dushmanlik, buzg‘unchilik, tajovuzkorlik, bid’at-xurofotlardan qaytarishini, hozirgi paytda solih salaflar, ulug‘ mujtahidlar tajribasiga tayangan holda Alloh ko‘rsatgan yo‘ldan chekinmay yurish, ularga ergashish, turli firqachilik va ixtiloflarga berilmaslik, diniy birodarlik va o‘zaro hamjihatlikni joriy etish zaruriyatini olg‘a surib kelganmiz.

Faoliyatimiz davomida ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani bor gap. Illo o‘quvchilarimizga xiyonat qilganimiz yo‘q.

Bugun telegram tarmog‘ida bizning nomimizdan kanal ochib, unda biz uchun begona bo‘lgan, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga butkul teskari bo‘lgan g‘oyalar targ‘ib qilinmoqda.

Azon nomi ostida faoliyat yuritayotgan barcha media vositalarining telegram manzili quyidagilardir:

Azon.uz – https://t.me/azonuz

AzonFM – https://t.me/azonuzfm

AzonTV – https://t.me/azon_tv.

Bulardan boshqa kanallar va ularda tarqatilayotgan materiallarga hech qanday aloqamiz yo‘q. U odamlarga Allohning o‘zi insof bersin. Ularga xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan bir gapni eslatmoqchiman: birovning tahoratiga namoz o‘qimang!»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring