Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayollar yashashi va ishlashi uchun yer yuzidagi eng xavfsiz shahar qaysi?

Ayollar yashashi va ishlashi uchun yer yuzidagi eng xavfsiz shahar qaysi?

Foto: «Zen.yandex.ru»

Toronto (Kanada) ayollar yashashi va ishlashi uchun eng yaxshi va xavfsiz shahar deb topildi. Bu haqda 26-oktyabr kuni Bloomberg agentligi xabar berdi.

Agentlik ekspert va jurnalistlari ayollarning farovon yashashi uchun qulay bo‘lgan yirik aholi punktlari reytingini tuzib chiqdi.

Boshqa hududlardan kelgan ishchi ayollar uchun eng jozibador hisoblangan 15 ta megapolis o‘rganildi.

Mutaxassislar quyidagi mezonlarni hisobga oldilar: xavfsizlik darajasi, mobillik, tenglik, ayollar daromadlari, shuningdek, homiladorlik va tug‘uruq ta’tilidagi ayollarga imtiyoz va nafaqalarni ajratish hajmi va shartlari va hokazo. Bundan tashqari, tadqiqot doirasida o‘rganilayotgan har bir shahardan 200 ga yaqin ishchi ayollar so‘rovnomada ishtirok etgan.

Kuchli o‘ntalikdan Kanadaning Torontosidan tashqari Sidney, Singapur, Parij, London, Berlin, Tokio, Gonkong, Nyu-York va Amsterdam joy olgan. Reytingda oxirgi o‘rinni Braziliyaning San-Paulu shahri egalladi.

So‘rovnomada, shuningdek, yirik shaharlardagi ko‘plab qizlar notanish kimsalar tomonidan nomaqbul xatti-harakat alomatlariga duch kelishgani aniqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring