Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomobil yo‘llari bo‘yicha alohida strategiya ishlab chiqiladi

Avtomobil yo‘llari bo‘yicha alohida strategiya ishlab chiqiladi

Avtomobil yo‘llari sohasini tubdan isloh qilish uchun manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilib, 2020-2030-yillarda Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev bugun o‘tgan yig‘ilishda topshiriq bergan. Bu strategiyada, avvalo, avtomobil yo‘llarini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish choralari belgilanadi.

Hozirda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida ham buyurtmachi, ham pudratchi, ham ekspluatatsiya qilish funksiyalari to‘planib qolgani oqibatida tizimdagi korxonalar xalqaro loyihalarda ishtirok eta olmayapti. Shu bois qurilish tashkilotlarini qo‘mita tarkibidan chiqarib, ular negizida “O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, xususiy sheriklar ishtirokida tezkor avtobanlar qurishga katta e’tibor qaratiladi. Reklama qurilmalarini umumiy foydalanishdagi yo‘llarga joylashtirish uchun ruxsat berish vakolatini Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga o‘tkazish taklif etilgan.

Mamlakatda jami yuklarning 98 foizi va yo‘lovchilarning 88 foizi avtomobil yo‘llari orqali tashiladi.

Avtomobil yo‘llarini qurish yoki ta’mirlash ishlariga xalqaro tashkilotlar va xususiy sheriklarni faol jalb qilish zarurligi aytilgan. Jumladan, xalqaro va davlat ahamiyatiga ega 1 ming 600 kilometr uzunlikdagi yo‘llarga doir 18 ta yirik loyihani shunday hamkorlik asosida amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring