Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Orenburgda ichida 43 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus buzilib qoldi

Orenburgda ichida 43 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus buzilib qoldi

Foto: «ProOren»

Rossiyaning Orenburg shahri Oktyabr tumani navbatchi qismiga «Ufa-Orenburg» trassasida harakat yo‘laklaridan birini to‘sib qo‘ygan avtobus haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda «ProOren» nashri xabar bermoqda.

Hodisa joyiga yetib kelgan inspektorlarning aniqlashicha, «Neoplan» avtobusi nosozlik tufayli to‘xtashga majbur bo‘lgan. Avtobus 43 nafar O‘zbekiston fuqarosi bilan Ufadan kelayotgan bo‘lgan. YPX xodimlari hodisa haqida mahalliy hokimiyat va FVVga xabar berishgan. Voqea joyiga avtomobil tuzatuvchi yuborilgan va nomozlik bartaraf etilgan.

«Yo‘lovchilarga isinish uchun Oktyabrga borish taklif etilgan, ammo ular taklifni rad etgan. Avtobusda isitish tizimi yoqilgan bo‘lgan va ularning hayotiga hech narsa xavf solmagan. Huquq tartibot xodimlari xorijiy fuqarolarning hujjatlarini tekshirishgan va hech qanday migratsion qonunchilikning buzilishi aniqlanmagan»,- deyiladi xabarda.

Transport vositasi tuzatilgach, yo‘lovchilar o‘z yo‘llarida davom etishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring