Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh elchixonasi Green Card yutganlar uchun noxush xabar e’lon qildi

AQSh elchixonasi Green Card yutganlar uchun noxush xabar e’lon qildi

Dunyo bo‘ylab Green Card dasturi uchun belgilangan yillik 55 000 ta viza soni shu kunlarda nihoyasiga yetishi mumkin. Bu haqda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, belgilangan limit tugasa, elchixona DV dasturi bo‘yicha suhbatga kirganlarga viza taqdim eta olmaydi.

«Toshkentda ushbu oyda bo‘lajak viza suhbati kuni belgilangan murojaatchilar viza ololmasliklari mumkin. Viza uchun talab etilgan hujjatlari to‘liq emasligini biladigan murojaatchilar viza suhbatiga kelishdan (va qaytarib berilmaydigan viza to‘lovini amalga oshirishdan) avval o‘ylab ko‘rishlarini so‘raymiz, chunki viza bo‘yicha murojaatni ko‘rib chiqib, uni yakunlash uchun yetarlicha vaqt qolmasligi mumkin», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Toshkentdagi AQSh elchixonasi dunyo bo‘ylab belgilangan viza miqdori tugagunga qadar DV vizalarini taqdim etishni davom ettiradi va bugungi kungacha 3 100 dan ortiq viza murojaatchilari bilan suhbatlar o‘tkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring