Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda «Delfin ko‘li» dam olish maskani ochildi (foto)

Andijonda «Delfin ko‘li» dam olish maskani ochildi (foto)

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Andijon viloyati Xonobod shahrida barpo etilgan «Delfin ko‘li» dam olish maskanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov, Xonobod shahar hokimi Musoxon Mamadaliyev va boshqa bir qator tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 19-may kuni Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida hududda bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. O‘tgan davr mobaynida viloyatda aholi uchun yana bir dam olish maskanining barpo etilgani aholini mamnun etdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Loyiha qiymati 1 milliard so‘mga teng bo‘lib, qisqa davr ichida qarovsiz joy butunlay yangi qiyofa kasb etdi. Kampirravot MFYda qad rostlagan maskan sun’iy ko‘l, 7 ta 2 qavatli kemping, yozgi kafe, cho‘milish havzalaridan iborat.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring