Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aliyev va Erdo‘g‘on Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilishdi

Aliyev va Erdo‘g‘on Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilishdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish holatini kuzatish uchun Turkiya-Rossiya tinchlikparvar markazni tashkil etish masalasini muhokama qildilar.

«Aliyev va Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida tomonlar sulh bitimini kuzatish uchun Turkiya-Rossiya tinchlikparvarlik markazi tashkil etilganini yuqori baholadilar va ushbu markaz mintaqada barqaror tinchlikni ta’minlashga hissa qo‘shishiga ishonch bildirdilar», deyiladi xabarda.

Avvalroq Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilishgan edi.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan bildirilgan bayonotga ko‘ra, 10 noyabrda Tog‘li Qorabog‘da to‘liq sulh boshlanadi, Ozarbayjon va Armaniston egallab turgan pozitsiyalarida to‘xtaydi, shuningdek, harbiy asirlarni almashtirishlari kerak.

Bundan tashqari, Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘ga joylashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring