Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholisi ko‘paygan Toshkent, mag‘lubiyatini tan olgan Poroshenko, O‘zbekistonda yana yomg‘irli kunlar va boshqa xabarlar

Aholisi ko‘paygan Toshkent, mag‘lubiyatini tan olgan Poroshenko, O‘zbekistonda yana yomg‘irli kunlar va boshqa xabarlar

Foto:«Xabar.uz»

22-aprel kuni turli qiziqarli voqealar va ma’lumotlarga boy bo‘lmoqda. Ushbu kunda O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Jamiyat

Toshkent shahri aholisi soni 2,5 milliondan oshdi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2019-yil 1-aprel holatiga 33 375,8 ming kishini tashkil etib, 2019-yil boshidan 120,3 ming kishiga yoki 0,4 foizga o‘sdi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.

Viloyatlar orasida aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati (3 813,6 ming) yetakchilik qilmoqda, keyingi o‘rinda Farg‘ona (3 695,5 ming) qayd etilgan. Poytaxt aholisi soni 2,5 milliondan oshgan.

Xorij

Petr Poroshenko mag‘lubiyatni tan oldi

Ukraina prezidentligiga nomzod va amaldagi prezident Petr Poroshenko saylovdagi mag‘lubiyatni tan oldi. Kecha bo‘lib o‘tgan saylovda ekzitpol natijalariga ko‘ra ovoz beruvchilar Vladimir Zelenskiyga 73,2 foiz ovoz berishgan.

Tavsiya qilamiz

O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etishi ma’lum bo‘ldi

Toshkentdan davlat uyini sotib olish uchun kamida 10 yillik propiska talab etilishi mumkin

Bozorlardagi narxlar: eng arzon go‘sht Toshkent va Nukusda, eng qimmati Termizda

Dunyodagi eng katta Qur’on kitoblaridan biri Samarqandda ekanini bilasizmi?

Jamiyat

O‘zbekistonda yomg‘irli kunlar davom etishi kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazi 23-aprel kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, yurtimizda yana yomg‘irli havo davom etishi bashorat qilingan. 

Foto:«Xabar.uz»

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring