Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi

Adliya vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi

Adliya vazirligi mamlakatdagi nodavlat-notijorat tashkilotlarga ogohlantirish bilan chiqdi. 

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qaroriga asosan nodavlat-notijorat tashkilotlar har yili 1-fevralgacha o‘tgan yildagi o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha taqdim qilishlari shart.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 1-fevraliga qadar nodavlat-notijorat tashkilotlar o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli adliya organlariga taqdim qilishlari lozim» deya ma’lum qilingan xabarda.

Tashkilotlar tomonidan ushbu talablarga rioya qilmaslik tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring