Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulla Aripov va Abdulaziz Komilov Rossiya elchixonasiga tashrif buyurdi

Abdulla Aripov va Abdulaziz Komilov Rossiya elchixonasiga tashrif buyurdi

Foto: «Uzreport»

Kecha, 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, A.Aripov hamda A.Komilov O‘zbekiston hukumati nomidan elchi Vladimir Tyurdenovga Rossiyaning Kemerovo shahrida ro‘y bergan fojia yuzasidan ta’ziya bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi.

Xabaringiz bor, Kemerovo shahridagi savdo markazida ro‘y bergan yong‘in tufayli 64 kishi hayotdan ko‘z yumdi, ularning 41 nafari bolalardir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring