Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2025-yilga qadar suv tanqisligidan 2 milliard aholi aziyat chekishi mumkin

2025-yilga qadar suv tanqisligidan 2 milliard aholi aziyat chekishi mumkin

Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi  Boriy Alixanovning aytishicha, hozirda Yer yuzida 1,5 mlrd aholi sanitariya normalariga binoan xavfsiz ichimlik suviga ega emas. Har kun dunyoda 5 ming kishi ifloslangan ichimlik suvidan foydalanish oqibatida olamdan ko‘z yumadi. 2025-yilga qadar suv tanqisligidan  2 mlrd. aholi aziyat chekish ehtimoli bor.

Alixanov bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida «O‘zbekiston ekologik partiyasi va yoshlar – maqsad, reja, natija» mavzusida onlayn vebinarda to‘xtaldi. 

Vebinarda shuningdek, mamlakatimizning bugungi kundagi ekologik vaziyati, atrof-muhitni asrash borasida olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari, ekologik rivojlanishda yoshlar ishtirokining ahamiyati keng muhokama etildi.

Shuningdek, insoniyat bir yil davomida iste’mol etadigan energiyani Quyosh bir soatda berishi, qayta tiklanuvchi energiya  manbalarining tatbiq etilishi natijasida Yer yuzida hozirda 2,5 mln. kishi ish bilan ta’minlangani haqida ma’lumotlar berildi.

Muloqotda yurtimizda sohaga oid amalga oshirilayotgan islohotlar, ona tabiatni asrash, kelgusi avlodlarga bekamuko‘st yetkazishda yoshlar yetakchilarining o‘rni va vazifasi hamda bugungi kundagi orol muammosi haqida fikr-mulohazalar yuritilib, aholining ekologiyaga bo‘lgan noto‘g‘ri munosabati va undan kelib chiqayotgan salbiy illatlarni oldini olish masalasi  o‘rtaga tashlandi. Jumladan, Orol dengizi  inqirozi bilan vujudga kelgan ekologik muammolar va dengizning qurigan qismida maydoni 5,5 mln. ga bo‘lgan yangi cho‘l – Orolqum bilan bog‘liq taqdimotlar namoyish etildi.

Shahnoza Nurillayeva

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring