2020-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
14-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash haqidagi farmonni imzolagan.
Unga ko‘ra, 2020-yil 23-mart – dushanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Navro‘z bayrami munosabati bilan.
Shuningdek, 2020-yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chiriladi:
4-yanvar – shanba 2-yanvar – payshanbaga (Yangi yil);
29-avgust – shanba 31-avgust – dushanbaga (Mustaqillik kuni).
2020-yil 2-yanvar payshanba va 2020-yil 31-avgust dushanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter