Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15 yil ichimlik suvi bo‘lmagan hudud aholisi hokimga murojaat qildi. Keyin-chi?

15 yil ichimlik suvi bo‘lmagan hudud aholisi hokimga murojaat qildi. Keyin-chi?

Namangan tumani Sho‘rqo‘rg‘on qishlog‘idagi «Ko‘l bo‘yi» mahallasining katta qismida 15 yildirki, ichimlik suvi yo‘q edi. Odamlar boshqa mahallalar ko‘chasida oqib yotuvchi jo‘mraklardan suv tashirdilar. Ayniqsa, ayollar va bolalar qiynalishardi.

Mazkur muammo yuzasidan fuqaro Fayzullo Ummatov viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasiga murojaat yo‘llagan. Hokim o‘rinli iltimosni inobatga olib, tuman mutasaddilariga topshiriq bergan. Mas’ullar ayni masala bo‘yicha hududga kelib, vaziyatni o‘rganishdi va tezda faoliyatga kirishishdi.

Qishloq markazidagi artezian suv tarmog‘idan mahalla ichigacha 450 metr yo‘l qazilib, avval shifoxonasi bo‘lgan Elatan ko‘chasiga quvur tortildi. Tuman hokimligi vakili Akmal Ashurov, tuman suv ta’minoti bo‘limi MChJ rahbari Sobitxon Mamadaliyev, qishloq ichimlik suvi tashkiloti yetakchisi Muhiddin Inomov va mutaxassisi Shuhrat Fuzalovlar oxirigacha boshchilik qilishdi. Katta Toshbuloq tadbirkori Hakimjon Toshboyevning sifatli va qalin plastik suv quvurlari yo‘nalishga yotqizildi.

50 ga yaqin xonadonga obihayot kirib bordi.

Orifjon Jo‘rayev,
jurnalist

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring