Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

110 ming quti tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

110 ming quti tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

Bugun, 15 fevral kuni Yangihayot tumanidagi sanoat zonasida bojxona xizmati organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar tomonidan noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan tamaki mahsulotlarini keng jamoatchilik ishtirokida yo‘q qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tashkil qilingan tadbirda Bojxona qo‘mitasi va Majburiy ijro bo‘limi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Ma’lum qilinishicha, Bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sirdaryo viloyatidagi yashash xonadonlarining birida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 108 138 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

Sanoat zonasida 110 ming quti sigaretlar jurnalistlar, blogerlar va keng jamoatchilik vakillari guvohligida yoqib yuborildi.

Shundan so‘ng jurnalistlar va blogerlar uchun brifing ham tashkil qilindi.

Brifingda ma’lum qilinishicha, o‘tgan davrda 2 mln. qutidan ortiq tamaki mahsulotlari keng jamoatchilik ishtirokida yo‘q qilingan.

Bojxona organlari tomonidan 2023 yilda 291 ta holatda qiymati 92,2 mlrd. so‘mlik 5,7 mln. quti, joriy yilda esa 56 ta holatda qiymati 14,0 mlrd so‘mlik, 528 740 quti tamaki mahsulotlari bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlangan.

Shu bilan birga brifingda 2023 yilda ushlab qolingan noqonuniy tamaki mahsulotlaring miqdori 2022 yilga nisbatan 3,5 barobarga oshganligi ham ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring