Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Statistika: Yil boshidan buyon soliqdan O‘zbekiston budjetiga 18,4 trln so‘m tushgan

Statistika: Yil boshidan buyon soliqdan O‘zbekiston budjetiga 18,4 trln so‘m tushgan

Foto: Press-slujba Gosudarstvennogo nalogovogo komiteta

Tizimni isloh qilish va ilg‘or xalqaro tajriba amaliyotini qo‘llash mamlakatimiz soliq tizimining shaffof va adolatli bo‘lishini ta’minlab bermoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi DSQ matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilingan hisobotda.

Joriy yilning birinchi kvartalida budjetga soliq tushumi 18,4 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning birinchi kvartaliga nisbatan 1,7 marta ko‘proqdir.

Jismoniy va yuridik shaxslardan tushadigan soliq qiymati yakunlari yana shuni ko‘rsatib turibdiki, fuqarolar qonunga ko‘proq amal qila boshladilar. Shu bilan birga tadbirkorlar ham soyadan chiqmoqda.

Masalan, joriy yilning birinchi choragida qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha tushum ko‘rsatkichi ikki barobarga oshdi. YaST to‘lovchilar salmog‘i esa 5 barobar oshdi. Bu esa 35 ming tadbirkorlik sub’yekti demakdir.

Tanlangan iqtisodiy yo‘lning to‘g‘riligini ko‘rsatib beradigan asosiy indikator esa daromad solig‘i ko‘rsatkichidir. O‘tgan yilning ayni vaqtdagi ko‘rsatkichiga nisbatan joriy yilning birinchi choragi davomida daromad solig‘i bo‘yicha tushum 2,6 barobarga oshdi. Ushbu soliq turini to‘laydigan tadbirkorlar soni esa 5 barobar oshdi va 32 minglik ko‘rsatkichdan o‘tib ketdi.

Shu bilan birga o‘tgan uch oy davomida 49,7 ming yuridik shaxslar suv solig‘ini to‘ladi, bu esa o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 14,4 barobar ko‘p demakdir.

Yer solig‘ini to‘laydiganlar 5,8 barobarga ko‘payib, 75 ming yuridik shaxsni tashkil etdi.

Joriy yildan e’tiboran jismoniy shaxslarning daromad solig‘iga 12 foizlik yagona stavka qo‘yilgani ish o‘rinlarini legallashtirishda qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qilmoqda.

Endilikda soliq qiymati kamaygandan so‘ng tashkilotlarda jismoniy shaxslarning ish haqini to‘lash fondida 169 milliard so‘m mablag‘ qolmoqda. Avval budjetga tushgan 1,7 trln so‘m esa ishchilar ixtiyorida qoladi.

Umuman olganda kvartal davomida daromad solig‘i to‘layotgan jismoniy shaxslar 4,8 millionga yetdi. Ya’ni, o‘tgan yilning shu vaqtiga nisbatan 10 foizga, 450 mingga ortgan.

Soliq solish tizimining yangi konsepsiyasi shaffoflik va adolat prinsiplariga asoslangan bo‘lib, barchaga teng sharoit yaratishga olib keladi. Bu esa Davlat budjetini shakllantirishda barqarorlikka xizmat qiladi. Bu boradagi dastlabki ko‘rsatkichni yuqorida keltirilgan raqamlar ko‘rsatib turibdi.

E’tiborli tomoni, bunday hisobot birinchi marta keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi DSQ matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring