Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent — dunyodagi eng arzon uch shahardan biri

Toshkent — dunyodagi eng arzon uch shahardan biri

Foto: Taylor Weidman / Bloomberg

Economist Intelligence Unit mutaxassislari dunyoning eng qimmat va eng arzon shaharlari reytingini e’lon qildi.

Tadqiqot 30 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi. Tahlilchilar dunyodagi 133 shahardagi non va boshqa hayot uchun zaruriy birlamchi mahsulotlar narhini taqqoslab chiqishadi. Qiyoslash uchun asos sifatida Nyu-Yorkdagi narx-navo 100 ballik tizimda olingan.

Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida kuchli uchlikni Singapur, Parij va Gonkong qo‘lga kiritdi. Eng qimmat shaharlar o‘nligi esa quyidagicha ko‘rinish olgan.

1. Singapur (Singapur)
1. Parij (Fransiya)
1. Gonkong (Xitoy)
4. Syurix (Shveysariya)
5. Jeneva (Shveysariya)
5. Osaka (Yaponiya)
7. Seul (Janubiy Koreya)
7. Kopengagen (Daniya)
7. Nyu-York (AQSh)
10. Tel-Aviv (Isroil)
10. Los-Anjeles (AQSh)

Tahlilchilarning qayd etishicha, odatda eng qimmat bo‘lgan shaharlar hayot uchun eng qulay va xavfsiz ham bo‘ladi. Ushbu ro‘yxatdagi deyarli barcha shaharlar «hayot uchun eng yaxshi shaharlar» reytingida ham yuqori o‘rinlarni olgan.

Aksincha, imkoniyatlar u qadar keng bo‘lmagan va siyosiy hamda iqtisodiy jihatdan muammolar kuzatiladigan shaharlarda narx-navo nisbatan past bo‘ladi. Dunyoning eng arzon shaharlari uchligidan esa Karakas (Venesuela), Damashq (Suriya) va Toshkent o‘rin olgan.

Dunyoning eng arzon shaharlari o‘nligi esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Karakas (Venesuela)
2. Damashq (Suriya)
3. Toshkent (O‘zbekiston)
4. Olma Ota(Qozog‘iston)
5. Bangalor (Hindiston)
6. Karachi (Pokiston)
6. Lagos (Nigeriya)
7. Buenos-Ayres (Argentina)
7. Chennay (Hindiston)
8. Nyu-Deli (Hindiston)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring