Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Termiz» erkin iqtisodiy zonasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

«Termiz» erkin iqtisodiy zonasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Foto:«Ysira.ru»

«Termiz» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Qarorga muvofiq:

-«Termiz» erkin iqtisodiy zonasiga kiruvchi hududlar chegaralari belgilandi;

-«Termiz» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasining tashkiliy-huquqiy tuzilmasi ta’sis etildi.

Shuningdek, qaror bilan direksiyaning asosiy ta’sischisi etib «Surkhan Global Trade» MChJ belgilandi.

Mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyat «Termiz» EIZ hududida faol investitsiya siyosatini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring