Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saxovat Broyler: vaqt sinovidan o‘tgan sifat

Saxovat Broyler: vaqt sinovidan o‘tgan sifat

Pskentning go‘zal tog‘ etaklarida joylashgan Saxovat Broyler parrandachilik fabrikasi o‘zbekistonliklarga 2010-yildan buyon yuqori sifatli tovuq mahsulotlari yetishtiruvchi yirik korxona sifatida tanilgan. Uning assortimentida iste’molchilar tomonidan sevilishga ulgurgan sovutilgan va muzlatilgan broyler tovuqlari, ko‘kraklari, sonlari, qanotlari, shuningdek, delikates va yarim tayyor mahsulotlarning katta tanlovi mavjud.

Bugungi kunda Saxovat Broyler chakana va ulgurji xaridorlar orasida katta talabga ega bo‘lgan tovuq mahsulotlarini ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinni egallamoqda. Qulay iqlim sharoiti sog‘lom tovuqlarni va ular uchun ekologik toza ozuqalarni yetishtirish imkonini beradi. Bu yerning tabiati, toza havosi va yumshoq iqlimi parrandalarning moslashishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Saxovat Broyler mahsulotlari assortimenti xilma-xil. Sovutilgan parranda go‘shti ajoyib ta’m xususiyatlariga va yuqori ozuqaviy qiymatga ega bo‘lgan ajoyib parhez mahsulotdir. Maxsus retseptlar bo‘yicha tayyorlangan kolbasa, sosiska, pashtet va delikateslarning keng tanlovi hatto nozik ta’b iste’molchilarni ham xursand qiladi.

Ta’kidlash joizki, butun assortiment – muzlatilgan tovuq go‘shtidan sneklargacha – parrandachilik fabrikasining malakali mutaxassislari tomonidan qattiq nazorat qilinadi.

Saxovat Broyler barcha «Halol» talablariga muvofiq sertifikatsiyadan o‘tgan bo‘lib, bu tegishli hujjat bilan tasdiqlanadi. Ekologik tozalik, xavfsizlik va ta’m xususiyatlari FSSC/ ISO 22000 HACCP, ISO 9001 va boshqa muvofiqlik sertifikatlari bilan tasdiqlanadi.

Korxonaning muvaffaqiyatli faoliyati 2022-yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston parrandachilarining V Xalqaro forumida qayd etilib, Saxovat Broyler «Parranda mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha eng yaxshi korxona» nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi.

Saxovat Broyler mahsulotlariga yirik restoran va kafe tarmoqlari ishonch bildiradi. Xususan, KFC tezkor ovqatlanish restoranlari xalqaro tarmog‘i, Brokkoli, Paul, Giotto kafelari, Hilton mehmonxonasi, Silk Road Samarqand xalqaro turistik majmuasi va boshqa yirik HoReCa vakillari bilan bilan ko‘p yillik hamkorlik buning isbotidir

Yaqin kelajakda korxona ishlab chiqarishni kengaytirib, tayyor parranda go‘shti va yarim tayyor mahsulotlar hajmini oyiga 250 tonnaga, kolbasa mahsulotlarini esa oyiga 100 tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda.

O‘zgarishlar o‘tgan yilning dekabr oyida boshlanib, sex kapital ta’mirlanib, so‘yish sexidagi import uskunalar almashtirildi. Bundan tashqari, Saxovat Broyler yarim tayyor mahsulotlarni marinadlash uchun qo‘shimcha uskunalar xarid qildi.

Saxovat Broyler mahsulotlarini quyidagi savdo nuqtalarida xarid qilish mumkin:

Saxovat Broyler parrandachilik fabrikasi do‘koni: Toshkent viloyati, Pskent tumani, X.Olimjon ko‘ch., 1

Mirobod dehqon bozori: Toshkent sh., Mirobod tumani, Nukus ko‘ch.

Oloy dehqon bozori: Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 42/1, Abdulla Qodiriy metro bekati.

Yunusobod dehqon bozori: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Yunusobod-3 mavzesi

Farhod dehqon bozori: Toshkent sh., Uchtepa tumani, Chilonzor G9A mavzesi

«Qatortol» savdo markazi: Toshkent sh., Qatortol ko‘chasi, 60

Shuningdek, Korzinka tarmog‘ining 60dan ortiq supermarketlarida.

Betakror tovuq mahsulotlarini yanada ko‘proq insonlar tatib ko‘rishlari uchun Saxovat Broylerning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida muntazam ravishda yangi mahsulotlar assortimenti haqida ma’lumotlar joylanadi, shuningdek, obunachilar uchun yoqimli sovg‘alar va syurprizlarga boy konkurslar hamda o‘yinlar o‘tkaziladi.

Yangiliklarimizni shu yerda kuzatib borishingiz mumkin:

Telegram: https://t.me/saxovat_broyler

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring