Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya O‘zbekiston pomidor va qalampirini olib kirishga ruxsat berdi

Rossiya O‘zbekiston pomidor va qalampirini olib kirishga ruxsat berdi

Foto: «Xabar.uz»

«Rosselxoznadzor» O‘zbekistonning 15 korxonasiga pomidor va qalampirni Rossiya hududiga bugun, 28-iyundan olib kirishga ruxsat berdi.

Mamlakatimizda yetishtirilgan ushbu turdagi sabzavotlarni Rossiyaga kiritish 2020-yilning 26-noyabridan to‘xtatilgandi. «Interfaks» yozishicha, o‘shanda bizning pomidorlarda jigarrang bujmayish virusi virusi topilgan.

Biroq xalqaro mutaxassislar hamkorligida olib borilgan o‘rganishlar natijasida O‘zbekistonda pomidor jigarrang bujmayish virusi kasalligining tashqi simptomatik alomatlari qayd etilmagandi.


Mavzuga doir: Xorijga eng ko‘p pomidor eksport qilgan hududlar


Endi ruxsat bor, faqat O‘zbekiston o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining kafilligi ostida. Xabarda aytilishicha, ruxsat berilishiga olib borilgan muzokaralar va O‘zbekiston virusdan xoli korxonalar haqida ma’lumot taqdim etishi ortidan erishilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring