Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Xiva tumanidagi to‘qimachilik korxonasiga bordi (foto)

Prezident Xiva tumanidagi to‘qimachilik korxonasiga bordi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida «Xiva klaster» mas’uliyati cheklangan jamiyatining to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimizda xomashyoni chuqur qayta ishlab, qo‘shilgan qiymat yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, agrosanoatda klasterlar tomonidan zamonaviy korxonalar qurilib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish kengaymoqda.

«Xiva klaster» ham Xiva tumanida shunday fabrika tashkil etdi.  Turkiya, Germaniya va Xitoydan ilg‘or uskunalar keltirib o‘rnatildi. O‘tgan yil noyabrda ishga tushirilgan korxonada 500 kishining bandligi ta’minlandi.

Korxona yiliga 7 ming tonna ip-kalava, 4 ming tonna trikotaj mato, 10 million dona tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatga ega. Eng muhimi, ularning sifati xalqaro standartlarga javob beradi. Shu bois ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘liq eksportga yo‘naltiriladi. Korxonanning yillik eksport salohiyati 15 million dollar atrofida.

Davlatimiz rahbari bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi, tikuvchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

Iqtisodiyot tarmoqlaridagi bugungi tendensiyadan kelib chiqib, bu korxonada ham energiya tejamkorlikka e’tibor qaratilgan. Masalan, kuz-qish oylarida xonalar ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan issiq suv yordamida isitiladi. Natijada katta miqdoragi tabiiy gaz tejaladi. Shuningdek, majmua tomlariga umumiy quvvati 60 kVt bo‘lgan quyosh panellari ham o‘rnatilgan. Bularning hisobiga mahsulot tannarxi raqobatchilarnikiga nisbatan past bo‘lmoqda.

Korxonada xorijiy hamkorlar talabiga asosan sifat nazorati, kasb o‘rgatish markazi tashkil etilgan. Chiqindilarni qayta ishlab, foydalanish ham yo‘lga qo‘yilgan.

To‘qimachilik klasteri o‘tgan yili qariyb 20 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirgan. Shundan 1 ming 545 gektarda tomchilab sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan.

Umuman, klaster tomonidan 2018-2023 yillarda 105 million dollarlik loyihalar amalga oshirilib, yillik 50 million dollarlik eksport quvvati yaratilgan. Klaster jami 800 dan ortiq yigit-qiz ishlamoqda. Jumladan, hozirda boshqa korxonalar bilan hamkorlikda yog‘, sovun, tuxum, sut mahsulotlari, poyabzallar kabi 20 ga yaqin tovarlar ishlab chiqarilmoqda.

Prezidentimiz mazkur klaster tizimidagi istiqbolli rejalar bilan ham tanishdi. Jumladan, yangi loyihalar hisobiga paxta yetishtirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish, kichik hajmli yuk mashinlarini mahalliylashtirish mo‘ljallangan. Shuningdek, yaqin yillarda chiqindisiz ishlab chiqarishga o‘tish rejalashtirilgan.

Klaster bu istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali 10 mingdan 30 minggacha ish o‘rni yaratishni maqsad qilib olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring