Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident oziq-ovqat bo‘yicha muhim farmonni imzoladi

Prezident oziq-ovqat bo‘yicha muhim farmonni imzoladi

Foto: Xabar.uz

Ayrim iste’mol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkada qo‘llanilishi uzaytirildi.

«Iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni (PF–217-son, 28.03.2023-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Prezidentning 2022-yil 31-maydagi PF-145-son va 2023-yil 23-martdagi PF-41-son farmonlari bilan 2024-yil 1-yanvarga qadar import bojxona bojining nol stavkalari belgilangan tovarlarga import bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2025-yil 1- yanvarga qadar uzaytirildi.

Bundan tashqari, 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar yangi so‘yilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop mahsulotlar (TIF TN kodi 0207) va kungaboqar, maxsur yoki paxta moyi va ularning fraksiyalarini O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring