Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Po‘lat Bobojonov va Erkinjon Turdimov sektor rahbarlari bilan uchrashdi

Po‘lat Bobojonov va Erkinjon Turdimov sektor rahbarlari bilan uchrashdi

Foto: Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hamda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovlar 14 aprel kuni Samarqand viloyati hududidagi sektor rahbarlarining amalga oshirayotgan ishlari hamda taqdimotlari bilan tanishdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ichki ishlar vaziri global inqiroz va pandemiya sharoitida aholi bandligi va daromadini ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlash, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish, karantin qoidalariga amal qilgan holda, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq avtotransport vositalarining erkin harakatlanishini ta’minlash va boshqa masalalar bo‘yicha barcha sektor rahbarlariga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, aholining tomorqalaridan unumli foydalanishlari, ekin ekish ishlarini tizimli tashkil qilish, mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish, karantin cheklovlari talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha ham har bir sektor rahbariga alohida vazifa va ko‘rsatmalar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring