Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Payme to‘lov tizimi to‘liq sotildi

Payme to‘lov tizimi to‘liq sotildi

Gruziyaning TBC Bank Group banklar guruhi Payme to‘lov xizmatining (Inspired MChJ) 100 foiz ulushiga ega bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 2019 yil aprelida Payme’ning 51 foiz ulushiga ega bo‘lgan TBC qolgan 49 foizini 55,7 mln dollarga sotib olgan. Mablag‘ 10 bank kuni ichida to‘lanadi. Natijada Payme kapitallashuvi 113,6 mln dollarga baholandi.

Bitimgacha 49 foiz ulush Abdulaziz Abdulahadov (15 foiz), Sarvar Ro‘zmatov (15 foiz), Farrux Ziyayev (7,5 foiz) va yana ikki jismoniy shaxs (11,5 foiz) o‘rtasida taqsimlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring