Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zkimyosanoat» mahsulotlari tannarxi 4,4 foizga kamaydi

«O‘zkimyosanoat» mahsulotlari tannarxi 4,4 foizga kamaydi

«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2020 yilgi faoliyati yakunlari va 2021 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar taqdimoti yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumani 2021 yil 8 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazildi.

Tadbirda «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2020 yilda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari, mahsulot hajmi va mahsulot turlari haqidagi ma’lumot berildi.

2020 yilda qiymati 7301,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi va o‘sish sur’ati 2019 yilga nisbatan 108,3%ni tashkil etdi. Shundan 1180,8 ming tonna mineral o‘g‘itlar, 244,4 ming tonna kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2021 yilda esa 9291,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi va o‘sish sur’ati 121%ni tashkil etishi kutilmoqda.

«O‘zkimyosanoat» AJ tomonidan mahalliylashtirish dasturiga muvofiq, 2020 yilda qiymati 1342,8 mlrd. so‘mlik 23 ta loyiha amalga oshirildi va o‘sish sur’ati 166,5 %ni tashkil etdi. 2021 yilda esa 1467,1 mlrd. so‘mlik 26 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Sanoat kooperatsiyasi doirasida 2020 yilda jami 7 turdagi 592,5 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2020 yilda jami 803,4 mlrd. so‘mlik soliq va majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlandi, shu jumladan, budjetga – 668,8 mlrd. so‘m, budjetdan tashqari jamg‘armalariga – 134,6 mlrd. so‘m.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxi 310,7 mlrd. so‘mga (4,4 foizga) kamaytirildi. Asosiy e’tibor energoresurslar sarfini kamaytirishga qaratilib, 64,5 mlrd. so‘mga energiya resurslari jumladan, 6,65 mlrd. so‘mlik 11,6 mln. m3 tabiiy gaz, 30.6 mlrd. so‘mlik 113,7 mln. kVt*s elektroenergiya va boshqa YoER (TER)lar bo‘yicha 27.2 mlrd. so‘m tejaldi.

Xususan, «Navoiyazot» AJ – zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalar orqali «Azot kislota» ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi natijasida 18,1 mlrd. so‘m tejaldi, shu bilan birga 41,1 mln. kVt*s iqtisod qilindi.

«Farg‘onaazot» AJ — zamonaviy havo ajratish blokini ishga tushirish hisobiga 2 ta eski turbokompressor faoliyatini to‘xtatish natijasida 21,4 mlrd. so‘mlik 48.6 mln. kVt/s elektr energiyasi tejaldi.

2020 yil yakuni bilan umumiy qiymati 188,9 mln. dollarga teng bo‘lgan kimyoviy mahsulotlar, shu jumladan mineral o‘g‘itlar 131,9 mln. doll. (44,2 mln. doll. – ammiakli selitra, 41,9 mln. doll. – karbamid, 36,5 mln. doll. – xlorli kaliy, 2,3 mln. doll. – ammoniy sulfati.), va boshqa turdagi kimyo mahsulotlari 57 mln. doll. (12,2 mln. doll. – kalsiylangan soda, 5,9 mln. doll. – NANP.) qiymatidagi mahsulotlar eksport qilindi. 2019 yilga nisbatan yillik o‘sish sur’ati 108,0%ni tashkil etdi (2019 yil – 174,91 mln. doll.).

2020 yilda umumiy 41 turdagi mahsulotlar eksportga chiqarilib (2019 yilda 34), eksport qilinayotgan mahsulotlarni diversifikatsiyalash bo‘yicha ishlar olib borildi. Natijada joriy yilda PVX, gipoxlorid, kaustik soda, polietilen plenkasi va avtomobil shinasi kabi yangi turdagi mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha umumiy qiymati 17,3 mln. dollarlik eksport shartnomalari imzolandi va 2020 yil 31 dekabr holatiga 12 mln. dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarildi.

Bugungi kunda qiymati 6031 mln. dollarlik 33 ta istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, polemerlar (5 ta), kimyoviy o‘g‘itlar (5 ta), organik birikmalar (1 ta), boshqa kimyoviy elementlar (8 ta), yuvish vositalari (1 ta), oqsil moddalar (1 ta), kimyoviy elementlar (11 ta), NIOKR (1 ta). Loyihalar hayotga tadbiq etilishi natijasida 2470 mln. dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi va 1002 mln. dollarlik mahsulot eksport qiladi hamda 5133 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Yil yakuni bilan umumiy qiymati 1,2 mlrd. dollarlik 7 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi. Xususan:

may oyida – Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida qiymati 4,5 mln. dollarlik yiliga 2,0 ming tonna karboksimetilsellyuloza (KMS) ishlab chiqarish;

may oyida – Jizzax viloyatida qiymati 1,0 mln. dollarlik yiliga 10 mln. dona polietilen qop ishlab chiqarish;

iyun oyida – «Navoiyazot» korxonasida qiymati 216,6 mln. dollarlik yiliga 500 ming tonna azot kislotasi ishlab chiqarish;

sentyabr oyida – Jizzax viloyatida qiymati 200 ming dollarlik yiliga 1,0 ming tonna kimyoviy bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish;

2020 yil 16 dekabrda – «Farg‘onaazot» AJda qiymati 0,5 mln. dollarlik nitrat natriy yillik ishlab chiqarish quvvatini 4,5 ming tonnaga va bikarbonat natriyni 3 ming tonnaga yetkazish;

2020 yil 23 dekabrda – «Navoiyazot» AJda qiymati 985,7 mln. dollarlik yiliga 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqarish yirik kompleks;

2020 yil 28 dekabrda – «Qo‘qon superfosfat zavodi» AJni modernizatsiya qilish I bosqichi (loyiha qiymati 30,0 mln. doll.).

2021 yilda jami 9,3 trln so‘m kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 121,0 foizga (I chorak – 2,1 trln so‘m, 107,0 foiz) ta’minlanadi. Hususan, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish cof holda jami 1,47 mln tonna, shu jumladan: azotli – 1116,6 ming tonna, fosforli – 133,4 ming tonna, kaliyli – 216 ming tonna hajmda ta’minlanadi.

2021 yilda kimyo korxonalari tomonidan jami 26 turdagi 1 467,1 mlrd. so‘mlik (I-chorak – 293,4 mlrd. so‘m) mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring