Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga yengil avtomobil importi sezilarli miqdorda kamaydi

O‘zbekistonga yengil avtomobil importi sezilarli miqdorda kamaydi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 22 ta xorijiy davlatlardan qiymati 316,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 15 mingta yengil avtomobillar import qilgan.

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4350 taga kamaygan.

2021-yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

-  Xitoy – 4 652 ta
- Koreya – 3 597 ta
- Rossiya – 2 952 ta
- Qozog‘iston – 1 744 ta
- Polsha – 811 ta
- Litva – 427 ta
- AQSh – 331 ta
- Tailand – 250 ta
- Germaniya – 81 ta
- Yaponiya – 64 ta
- Turkiya – 25 ta

2021 yilning avgust oyida O‘zbekistonga xorijdan 69 ta elektromobil import qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring