Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yangi qonun qabul qilinadi

O‘zbekistonda yangi qonun qabul qilinadi

2020-yilda imzolanadigan davlat tashqi qarz bitimlarining yuqori chegarasi 4 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi. Bu Prezidentning «Davlat qarzini samarali boshqarish va jalb qilinayotgan qarz mablag‘laridan unumli foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni loyihasida keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar va banklar bosqichma-bosqich erkin bozor shartlarida moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

2020-yil 1-yanvardan boshlab ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i ularga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan tashqi qarz majburiyatlarini jalb qilish va o‘zlashtirish masalalari faqatgina Moliya vazirligi bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirish belgilangan.

Qayd etilishicha, davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzurida «Kafolat» jamg‘armasi tuziladi.

Shuningdek, Moliya vazirligiga «Davlat qarzi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini tayyorlash vazifasi yuklanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring