Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Abu Dabi jamg‘armasi bilan investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Abu Dabi jamg‘armasi bilan investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi

Foto: «the-levant.com»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Abu Dabi rivojlanish jamg‘armasi (BAA) bilan birgalikda O‘zbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Belgilanishicha, yangi investitsiya kompaniyasi Abu Dabi rivojlanish jamg‘armasi (BAA) kompaniyasining 75 foiz miqdordagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 25 foiz miqdordagi ulushlari hisobiga 5 million AQSh dollari miqdoridagi ustav fondiga va 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi e’lon qilingan kapitaliga ega bo‘lib, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi. Bunda qo‘shimcha ishtirokchilarni o‘rnatilgan tartibda jalb etish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, mazkur investitsiya kompaniyasi faoliyat ko‘rsatayotgan va yangi tashkil qilinayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ustav kapitallarida ulushlar sotib olish, qarzlar berish, qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ustav kapitalidagi ulushlarni mahalliy va xorijiy investorlarga realizatsiya qilish va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa shakllarda investitsiya faoliyatini olib borish huquqiga ega. Bundan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklarining investitsiyaviy, moliya institutlari va kompaniyalari bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish vazifalarini bajaradi, ular bilan investitsiyaviy munosabatlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek, qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi va ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi.

Ushbu farmon bilan investitsiya kompaniyasi, shuningdek, uning ta’sischilari olingan dividend va foizlar bo‘yicha daromadlar bilan birga foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan, shuningdek, uning mol-mulki va aktivlarini realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan 3 yil muddatga ozod qilinishi ham belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R.Xolmurodov hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Sh.A.Vafoyevga O‘zbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolash vakolati berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring