Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maishiy texnika — bu 8-mart uchun sovg‘a emas, balki uy uchun xariddir

Maishiy texnika — bu 8-mart uchun sovg‘a emas, balki uy uchun xariddir

Multipishirgichlar, dazmollar va changyutgichlar uy uchun mo‘ljallangan texnikalardir, ammo bu 8-martga ayollar uchun sovg‘a emas.

texnomart oilaviy texnika do‘konlar tarmog‘i maishiy texnikalarni 8-martga ayollarga sovg‘a sifatida sotishdan bosh tortadi. Erkaklarga ayollar uchun smartfonlar, staylerlar, smart soatlar kabi ularga moslashtirilgan sovg‘alarga e’tibor berishni taklif qiladi.

texnomart* — oilaviy brend va shu sababli ushbu reklama kampaniyasi orqali biz O‘zbekistondagi er-xotinlar o‘rtadagi munosabatlarga boshqacha qarashga, munosabatlariga ozgina iliqlik va g‘amxo‘rlik qo‘shishlariga yordam bermoqchimiz.

Bilamizki, bizning erkaklarimiz o‘zlarining ayollariga kutilmagan sovg‘a sifatida maishiy texnika sovg‘a qilishadi, chunki ular tushunmaydilar, eshitmaydilar yoki ayolining kundalik ishlarini yengillashtirmoqchi bo‘ladilar. Yo‘q. Ular chinakam soddalik bilan kundalik tashvishlarni yengillashtirishga harakat qilishadi, ko‘pincha qo‘l bilan yuvish qanchalik qiyinligini yoki sevimli ko‘ylaklari yoki bluzkani bir necha marta dazmol qilishini bilishadi. Shuning uchun erkaklar bunday xaridlar bilan ayollarga yengillik keltiradi degan qaror qabul qilishadi.

Bunday vaziyatda biz texnomartda maishiy texnika ayolning kundalik vazifalarini qanchalik osonlashtirmasin, butun oila manfaati uchun xizmat qilishiga e’tibor berishga harakat qilamiz: ovqat pishirish, kiyim yuvish hamda toza va ozoda uy nafaqat ayol uchun, balki butun oila uchundir.

Darhaqiqat, ayolning qiziqishlari va istaklarini inobatga olgan holda individual ravishda tanlangan sovg‘a yanada unutilmas va yoqimli bo‘ladi. To‘g‘rimi?

Bizning maqsadimiz bir-birlarini xursand qilishga intilayotgan g‘amxo‘r yaqinlar o‘rtasida ko‘prik bo‘lishdir.

Shu sababli bahoriy bayram kampaniyasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun «Ayollar uchun sovg‘alar»ning maxsus assortimenti tayyorlandi, unda erkaklar o‘z ayollariga yangi smartfon, planshet, noutbuk, aqlli soat, aksessuarlar, stayler va boshqa go‘zallik hamda salomatlik mahsulotlarini tanlashlari mumkin.

Bayram kunlarida, texnomart do‘konlarida biz xaridorlar uchun har qanday xaridni maxsus sovg‘a o‘ramiga o‘rashni, chiroyli tabrik so‘zlari bor tabriknomalarni tanlashni yoki chiroyli gullar bilan sovg‘a qutisini xarid qilishlarini taklif qilamiz.

Ayollarga o‘z xohish-istaklarini va erkaklar uchun oson maslahatlarni ifoda yetishni osonlashtirish uchun texnomart.uz veb-saytida «ayollar uchun sovg‘alar» tematik bo‘limi paydo bo‘ldi, unda har kim o‘z wishlist’ini to‘plashi va uni nafaqat yaqinlariga ulashishi, balki Instagramdagi tanlovda ham ishtirok etishi mumkin. Buning uchun wishlistdan bitta mahsulotning skrinshotini olib, Instagramga #8martgasovga xeshtegi bilan @texnomart rasmiy sahifasini belgilab, storiz qo‘yishlari kifoya.

2023-yil 10-mart kuni biz jonli efirda tanlov o‘tkazamiz, u yerda tasodifiy tarzda 3 ta baxtli g‘olibni aniqlaymiz va ular storislarida qo‘ygan sovg‘alarni olishadi. Orzularingizda bardavom bo‘lishingizni tilaymiz, chunki ular haqiqatga aylanishi mumkin!

Faoliyat va mavjud aksiyalar haqida batafsil bilish uchun texnomart.uz veb-saytiga o‘ting, bizning ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring yoki vaqtingizni tejab, call-markazimizga: +99871 209 99 44 raqamiga murojaat qiling, biz mamnuniyat bilan javob beramiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring