Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi O‘zbekistonga keldi (foto)

Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi O‘zbekistonga keldi (foto)

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya ayni kunlarda tashrif bilan yurtimizda bo‘lib turibdi. Bugun u Davlat bojxona qo‘mitasi shaxsiy tarkibi bilan uchrashuvda qatnashdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Videokonferensiya tarzida bo‘lib o‘tgan tadbirda Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari,  «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Milliy kinologiya markazi va Bojxona instituti shaxsiy tarkibi ham masofadan turib ishtirok etishdi.

Davlat bojxona xizmati organlarida o‘rnak ko‘rsatib xizmat qilib kelayotgan bir guruh faol xodimlarga shaxsan Jaxon bojxona tashkiloti Bosh kotibi tomonidan imzolangan nufuzli sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek,   Mikuriya «Bojxona tarixi» muzeyi bilan tanishdi.

Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona ekspertizasi va TIF tovarlar nomenklaturasini yuritish boshqarmasi qoshidagi laboratoriya faoliyati mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Avvalroq. bojxona qo‘mitasi Toshkentda sher bolalarini sotayotgan kishilar ushlangani haqida xabar bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring