Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki missiyasining navbatdagi tashrifi nihoyasiga yetdi

Jahon banki missiyasining navbatdagi tashrifi nihoyasiga yetdi

Bugun Jahon bankining O‘zbekiston moliya sektoriga ko‘maklashish bo‘yicha texnik missiyasining navbatdagi tashrifi nihoyasiga yetdi.

Joriy yilning 3–7 fevral kunlari Jahon banki ekspertlari tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar vakillari uchun amaliy seminarlar o‘tkazildi, xususan, unda muammolar, ularni hal etish yo‘llari va birgalikda ishlab chiqilayotgan «Moliyaviy ommaboplikni oshirish milliy strategiyasi»da ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan keyingi qadamlar muhokama qilindi.

Tashrifning so‘nggi kunida Jahon banki ekspertlarihamda Markaziy bank raisining o‘rinbosari B.Zaxidov ishtirokida yakuniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar moliyaviy xizmatlarning ommabopligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring