Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FAOning Yevropa uchun 32-hududiy konferensiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

FAOning Yevropa uchun 32-hududiy konferensiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Bugun BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO) 41-sessiyasi oldidan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Tashkilotning Yevropa uchun 32-hududiy konferensiyasi O‘zbekistonda o‘tkazilishiga doir tashabbus FAO hamda 51 ta Yevropa va Osiyo mamlakatlari Qishloq xo‘jaligi vazirlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bu haqda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur hududiy konferensiya 2020-yilning 5-7-may kunlari O‘zbekistonda, Markaziy Osiyo davlatlarida orasida ilk marotaba o‘tkaziladi. FAOning strategik maqsadlari ochlikka qarshi kurash, qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va baliqchilikning hosildorlik va barqarorligini oshirish, qishloq hududlarida qashshoqlikni kamaytirishga hissa qo‘shishdir.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya turli mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Misr, Koreya, Ukraina, Qozog‘iston, AQSh, Chili singari mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari va boshqa rasmiy doira vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Konferensiya doirasidagi uchrashuvlarda FAOning O‘zbekistondagi yangi loyihalarini amalga oshirishga kelishib olinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring