Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Energiya tejovchi uskunalar xarid qilgan shaxslarga kompensatsiya beriladi

Energiya tejovchi uskunalar xarid qilgan shaxslarga kompensatsiya beriladi

Foto: «gazeta.uz»

Prezidentning energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra:

  • xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (o‘rtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlari (o‘rtacha 200 litr) o‘rnatiladi;
  • nostandart gaz-gorelkali qurilmalari energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtiriladi.

2020-yil 1-yanvardan:

  • jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
  • quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 million so‘mdan;
  • quyosh suv isitkichlar uchun – 1,5 million so‘mdan;
  • gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etiladi.

Qaror bilan 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring