Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energetika vazirligi Taxiatosh IES ishlamay qolgani uchun uzr so‘radi

Energetika vazirligi Taxiatosh IES ishlamay qolgani uchun uzr so‘radi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

18 iyul kuni ertalab Taxiatosh Issiqlik Elektr Stansiyasida (IES) yirik avariya yuz bergani va Xorazm viloyati hamda Qorqalpog‘iston Respublikasining bir necha tumanlari elektr energiyasiz qolgani haqida xabar berilgan edi. Energetika vazirligi matbuot xizmati bu haqda rasmiy ma’lumot berib o‘tdi.

«2019 yil, 18 iyul kuni soat 10dan 43 daqiqa o‘tganda Taxiatosh IES AJning 8-energobloki texnologik himoya tizimi ishlashi natijasida o‘chdi. Oradan 12 soniya o‘tganda 7-energoblok va 1-turboagregat xam texnologik himoya tizimi ishlashi natijasida o‘chdi.

Natijada yuklanish oshib ketishi hamda liniyalarning texnologik himoya tizimining selektiv ishlamaganligi oqibatida 7-blok va 1- turboagregatni himoya tizimini ishlab ishdan to‘xtadi.

3-turboagregat 72 megavatt quvvat bilan ishda koldi. Soat 10:59da 1-turboagregat qayta ishga tushirildi.

Soat 15:15da 7-blok hamda 23:15 8-blok ishga tushirildi. Avariya holati bulgani yuk. Bu xolatni texnologik o‘chish deb baxolash mumkin. Soat 24:00 stansiyaning ish rejimi to‘liq tiklandi.

Qisqa muddatli uzilishlar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring