Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznes akselerator: eng yaxshi biznes loyihalarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilmoqda.

Biznes akselerator: eng yaxshi biznes loyihalarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilmoqda.

Foto: «DigiFloor.com»

O‘zbekistonda iqtisodiy sektorni rivojlantirishda tadbirkorlik va innovatsiya uchun qo‘l keluvchi ekotizimni yaratish zarurligi kundek ravshan masala. Bunday ekotizimda startap loyihalar va biznes inkubatorlar muhim rol o‘ynaydi.


Startap — yosh innovatsion kompaniya bo‘lib, uning zamirida yangi g‘oya yoki texnologiya yotadi. Bunday kompaniyalarning muvaffaqiyatli rivoji uchun moliyaviy, infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlov va albatta mutaxassislar ko‘magi kerak bo‘ladi. Bunday vaziyatda esa universitetlar va ilmiy markazlar qoshida joriy etilgan maxsus tuzilmalar — startap akseleratorlar va inkubatorlar qo‘l keladi.


Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, biznes akseleratorlar va biznes inkubatorlar AQSh va Yevropada biznesni rivojlantirish uchun eng ommaviy yo‘ldir. Ayniqsa, eng foydali va tez rivojlanayotgan segment — tabiiy fanlar sohasida yuqori texnologik startaplarga asos solinayotgani bo‘lmoqda. 

Vazirlar Mahkamasining 11-sentyabr kuni e’lon qilingan «Innovatsion faoliyatni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Innovatsion rivojlanish vazirligining ilg‘or texnologiyalar markazida innovatsion startap akseleratorlar va startap inkubatorlarga asos solinmoqda. Unga ko‘ra, yuqori texnologik kichik kompaniyalar uchun  infratuzilma, bino, laboratoriya va jihozlariga imtiyoz asosida taqdim etiladi.

2018-yilning sentyabr oyida «C.A.T. Science Accelerator» loyihasining ilk bosqichi start oldi. Ayni vaqtda akseleratsiya dasturi uchun g‘oyalar va arizalar qabul qilinmoqda. Maqsad olimlar, marketologlar, yuristlar va iqtisodchilarni loyihalar ustida yagona jamoa bo‘lib ishlashi uchun jamlashdan iboratdir.

Akselerator Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan «StartupFactory» kompaniyasi (bunga qadar IT-loyihalar ustida ishlagan) va «Green Business Innovation» (yashil texnologiyalar va muqobil energiya manbalari sohasida ishlagan konsalting kompaniyasi) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Mazkur g‘oyani O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi, shuningdek,  «O‘zbekneftegaz», «O‘zkimyosanoat», «O‘zcharmsanoat» va «Uzsharobsanoat» AJlar qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Akseleratordagi ishtirok yosh olimlar va jamoalarga o‘z tajribalar uchun ilmiy maydon, mutaxassislar ko‘magi va qo‘llab quvvatlovini taqdim etish bilan birga MVP, ya’ni loyihaning minimal ishchi talqinini ishga tushirishga ham yordam beradi. Eng yaxshi loyihalar esa yakunda biznesni rivojlantirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligining 100 million so‘mlik investitsiyalarini qo‘lga kiritishi mumkin.

Startap loyihalarga arizalar tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, biologiya, kimyo, fizika, geologiya, tog‘-kon, metallurgiya sanoati va samarali energiya yo‘nalishlarida 5 oktyabrga qadar  www.cat-sa.uz saytida  qabul qilinmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring