Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda «Milliy bank» mijozlari nima uchun ko‘paymoqda? Raqamlarga nazar

Andijonda «Milliy bank» mijozlari nima uchun ko‘paymoqda? Raqamlarga nazar

Keng va yorug‘ zal, har bir mijoz uchun alohida xodim, xushtabassum. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Andijon viloyati filialida o‘tkazilgan press-tur davomida qolgan birlamchi taassurot xuddi shunday bo‘ldi. Keyin esa bu taassurot yana-da mustahkamlanib bordi.

Andijon — tadbirkorlar o‘lkasi. Shunga yarasha talab ham bo‘ladi. Milliy bank tomonidan mana shu talabga muvofiq taklif berilmoqda. Xususan, 2019 yilning 1 oktyabriga nisbat olib aytadigan bo‘lsak, mijozlar soni 101 307 nafardan oshib ketdi. Shulardan 21 948 tasi yuridik shaxslar bo‘lsa, 79 359 nafarini jismoniy shaxslar tashkil etadi. E’tiborli tomoni, yil boshiga nisbatan mijozlar soni 18 304 taga oshdi.

Tabiiyki shunga yarasha kreditlar miqdori ham oshgan. Yil boshidan buyon barcha manbalar hisobidan ajratilgani 262 930,4 ming so‘mni tashkil etadi. Shundan xorijiy valyutada 587,2 ming AQSh dollari va 4,9 million yevro ajratilgan. Xorijiy kredit liniyalari asosan Xitoy davlat taraqqiyot banki va Germaniyaning «AKA» banki kredit liniyalari hisobidan ajratilgan.

«Milliy bank» tomonidan Andijon viloyatiga tashkil etilgan press-tur davom etmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring