Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-martdan inkasator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi

1-martdan inkasator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi

Foto: «Xabar.uz»

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi (30-son, 16.01.2020-y.). Bu haqda «Huquqiy axborot» kanlari xabar bermoqda.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 2020-yil 1-martdan boshlab, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning naqd pullarini bankka inkassator orqali yetkazib berilgani uchun xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan to‘lanadi.

(Hozirgi tartibga ko‘ra, inkassatsiya xizmati xarajatlari tijorat banklari tomonidan qoplanadi).

Shuningdek, ichki ishlar xodimlariga imtiyozli shartda turar joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilishga uzoq muddatli ipoteka krediti tijorat banklarning o‘z mablag‘lari va jalb etiladigan mablag‘lar hisobiga berilganida kreditning foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan bitim bo‘yicha belgilanadi.

(Bugungi kunda foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasining ikki foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorida belgilanadi).

Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring