Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 7-aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 7-aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 7 aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 24-kuni.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra,  O‘zbekistonda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 457 nafarga yetdi: 30 nafar bemor sog‘ayib ketgan, ikki nafari vafot etgan.

5-aprelga solishtirganda, 115 nafar yangi bemor aniqlandi.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (357,7 ming), Ispaniya (135 ming), Italiya (132,5 ming), Germaniya (101,8 ming) va Fransiya (98 ming).

7-aprelning ayni soatlariga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 1.335.570 nafarga yetdi, shundan 74.134 nafari vafot etgan, 277.737 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Dunyoning 184 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.


Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — bu ham koronavirusning qanchalik tez sur’atlarda rivojlanayotganini ko‘rsatadi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring