Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 5-aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 5-aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 5-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 22-kuni. Kechagi kungi so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra,  O‘zbekistonda COVID-19ni yuqtirganlar soni 266 nafarga yetdi: 25 nafar bemor sog‘ayib ketgan, ikki nafari vafot etgan.

Mamlakatimizda koronavirus qayd etilganining 6-kuni bu virusni yuqtirganlar soni 33 nafarga yetgandi — bugun, bir kunda 39 nafar yangi bemor aniqlandi.

Umuman, sobiq Ittifoq mamlakatlarida ham koronavirusni yuqtirish holatlari ko‘paymoqda.

4-aprel kuni koronavirus qayd etilishi bo‘yicha holat:

  • Rossiyada — 582 (jami 4731);
  • Moldovada — 161 (jami 752);
  • Belarusda — 89 (jami 440);
  • Estoniyada — 78 (jami 1039)
  • Qozog‘istonda — 78 (jami 525);
  • Ozarbayjonda — 78 (jami 521);
  • Litvada — 75 (jami 771);
  • Ukrainada — 43 (jami 1115);
  • Armanistonda — 34 (jami 770);
  • Latviyada — 16 (jami 509)
  • Qirg‘izistonda — 14 (jami 144)
  • Gruziyada — 4 (jami 159) 

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida shu paytgacha koronavirus eng ko‘p qayd etilgan mamlakatlar:

  • AQSh (301147) — so‘nggi sutkada 23986 kishida koronavirus aniqlandi, 769 kishi vafot etdi;
  • Ispaniya (124736) — so‘nggi sutkada 5537 kishida koronavirus aniqlandi, 546 kishi vafot etdi;
  • Italiya (124632) — so‘nggi sutkada 4805 kishida koronavirus aniqlandi, 681 kishi vafot etdi;
  • Germaniya (92150) — so‘nggi sutkada 991 kishida koronavirus aniqlandi, 55 kishi vafot etdi.
  • Fransiya (89953) — so‘nggi sutkada 7788 (!) kishida koronavirus aniqlandi, 1053 (!) kishi vafot etdi;

4-aprel sanasi statistikasi Fransiyada koronavirus juda tez rivojlanayotganini ko‘rsatadi — kasallik qayd etilishi umumiy soni bo‘yicha Xitoy ortda qoldi, eng ko‘p vafot etganlar ham Fransiyada.

Katta o‘nlikka, shuningdek, Xitoy (81639), Eron (55743), Buyuk Britaniya (41903), Turkiya (23934) va Shveysariya (20 278) kirgan.

5-aprelning ayni soatlariga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 1182827 nafarga yetdi, shundan 63924 nafari vafot etgan, 244224 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Dunyoning 181 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring