Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yunusoboddagi xonadonni tunagan o‘g‘rilar ushlandi

Yunusoboddagi xonadonni tunagan o‘g‘rilar ushlandi

Shu yil 13-dekabr kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Yunusobod tumani A.Donish ko‘chasida yashovchi M.Sh.(ismli ayol)ning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, xonasidan 17 ming AQSh dollari va oshxonasidan televizor tyunerini o‘g‘irlab ketgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida yashovchi I.M., Qo‘rg‘ontepa ko‘chasida yashovchi B.M., va A.H. hamda Namangan viloyati Pop tumani Yakkatut mahallasida yashovchi Z.Z.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring