Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavfli retsidivist yana jinoyat qildi

Xavfli retsidivist yana jinoyat qildi

2020-yilning 13-iyul kunidan 14 iyul kuniga o‘tar kechasi soat 02:00 da muqaddam sudlangan 30 yoshli D.X. Urganch shahar O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan «TELEFONLAR MARKAZI» oilaviy korxonasiga kirish eshigidagi qulfini buzib kiradi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qilishicha, u 21 dona turli rusumdagi uyali aloqa vositasi va ikki dona musiqa kuchaytirgich hamda 350.000 so‘m pullarni talon-toroj qilib, jami 30.000.000 so‘m moddiy zarar yetkazgan holda hodisa joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida D.X. dan jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan uyali aloqa vositalari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha D.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring