Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aprel oyida Toshkentda ilk bor yirik xalqaro yuridik forum o‘tkaziladi

Aprel oyida Toshkentda ilk bor yirik xalqaro yuridik forum o‘tkaziladi

Foto:Adliya vazirligi matbuot xizmati

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda Hukumatning 2019-yil 24 yanvardagi farmoyishiga asosan 25-27 aprel kunlari Toshkent shahrida «Tashkent Law Spring»  Xalqaro yuridik forumi o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi forum haqida batafsil ma’lumotlarni e’lon qildi. 

Avvalroq, forumning rasmiy veb-sayti ishga tushishi va unda Forum bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar joylashtirilishi aytilgandi.

Forumda O‘zbekiston va bir qator xorijiy mamlakatlar adliya vazirlari, sud, prokuratura va boshqa davlat organlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, dunyoning yetakchi yuridik va konsalting firmalari vakillari, advokatlar, yurisprudensiya sohasidagi taniqli olimlar, mutaxassislar va ekspertlar qatnashishlari kutilmoqda.

Forum qatnashchilari «Sifatli davlat boshqaruvi», «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-xuquq tizimini isloh qilish», «Faol investitsion siyosat» yo‘nalishlari bo‘yicha munozara sessiyalari, davra suhbatlari, master-klass va taqdimotlarda ishtirok etishlari, xalqaro darajadagi va milliy ekspertlar leksiyalarini tinglashlari, muhokamalarda qatnashishlari mumkin bo‘ladi.

Joriy yil O‘zbekistonda «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, Forumda Hukumat vakillari bilanxorijiy biznes tuzilmalari vakillari o‘rtasida investitsion hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun imkoniyat yaratiladi.

Shuningdek, xorijiy qatnashchilar O‘zbekistonning tegishli vazirlik (idora) va boshqa davlat tashkilotlari rahbar xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish haqida murojaat qilishlari mumkin va tashkilotchilar bunday so‘rovlarni imkon qadar amalga oshirishga harakat qiladilar.

Forum «Yilning eng yaxshi advokati», «Yilning eng yaxshi advokatlik tuzilmasi»  va «Yilning eng yaxshi korporativ huquqshunosi» nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi.
Forum tadbirlari ingliz, rus va o‘zbek tillarida olib boriladi.

Bugungi kungacha Forumni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi, Forumning http://tashkentlawspring.uz rasmiy sayti ishga tushirildi.

Forumda ishtirok etishni qulaylashtirish maqsadida uning rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratildi.

Forumni yoritish istagida bo‘lgan xorijiy va mahalliy OAV vakillarining akkreditatsiyasi 2019 yilning 1 martidan boshlanib, 15 aprelida to‘xtatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring