Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«To‘rt marta pichoqlab, og‘ir tan jarohat yetqazgan jinoyatchi nega ozodlikda yurgani» sababi aytildi  

«To‘rt marta pichoqlab, og‘ir tan jarohat yetqazgan jinoyatchi nega ozodlikda yurgani» sababi aytildi   

Videodan kadrlar

Ijtimoiy tarmoqlarda «To‘rt marta pichoqlab, og‘ir tan jarohat yetqazgan jinoyatchi nega ozodlikda?» sarlavhasi ostida e’lon qilingan videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Mazkur videomurojaat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 7 iyun kuni soat 21:30 da G‘ijduvon tumani Gulistonobod MFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘li yoqasida fuqaro I.Sh. va E.J. lar o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida E.J. ismli shaxs I.Sh.ga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat tuman IIO FMB tomonidan belgilangan tartibda qayd etilib, kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. G‘ijduvon tumani sud tibbiy ekspertizasining 2021 yil 9 iyun kunidagi jabrlanuvchi I.Sh.ning olgan tan jarohati «sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil jarohat» turiga kirishligi to‘g‘risidagi xulosaga ko‘ra, tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 277-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi E.J. ga nisbatan dastlab «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ayblanuvchi va uning himoyachisi tomonidan turli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga «ayblanuvchining oilada yakka boquvchi ekanligi, muqaddam sudlanmaganligi, qaramog‘ida 3 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi va muqim yashash joyiga ega bo‘lib, tergov organlaridan yashirinishga urinmasligi, shuningdek, u tomonidan sodir qilingan jinoyatning ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar turkumiga kirishligi inobatga olinib, unga nisbatan yengilroq ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida» iltimosnomalar kiritilgan va iltimosnomalar qanoatlantirilib, ayblanuvchining ehtiyot chorasi «uy qamog‘i»ga o‘zgartirilgan.

Shundan so‘ng jabrlanuvchi I.Sh. G‘ijduvon tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi xodimlarining tergov harakatlaridan norozi bo‘lib, bergan raddiyasiga asosan jinoyat ishi keyingi tergov harakatlarini davom ettirishlik uchun Vobkent tumani IIB huzuridagi tergov guruhi ish yurituviga olib berilgan.

Vobkent tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 277-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan E.J.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sudga oid qo‘shimcha tibbiy ekspertizasi tayinlanib, ekspertiza xulosasiga ko‘ra I.Sh.ning og‘ir tan jarohati olganligi aniqlangan.

Shu sababli jablanuvchining harakatlari O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 104-moddasi 2-qismi «ye» va «l» bandlariga qayta malakalanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mazkur holatda G‘ijduvon tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi xodimlarining hatti-harakatlarida biror-bir xizmat intizomi yoki qonun buzilishi holatlarini aniqlash yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring