Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Svetlana Ortiqova hamkasbini qo‘llamadi

Svetlana Ortiqova hamkasbini qo‘llamadi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova hamkasbiga «oqibat» ko‘rsatmadi.

Gap shundaki,  fuqaro B. Yadgarova Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Buvayda tuman bo‘limi xodimining harakatlarini qonunga xilof, u chiqargan qarorni haqiqiy  emas, deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan ikki yil avval sudga murojaat qilgandi.

Tuman sudida to Oliy sudgacha bo‘lgan barcha bosqichda fuqaro yutqazib keldi. Uchta instansiya sudining barcha sudyalari (jami yetti nafar) fuqaroning arizasini asossiz, deya rad etishi Bosh prokuratura huzuridagi MIB xodimi qonun doirasi harakat qilganini ko‘rsatardi go‘yo.

Biroq Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova hamkasbi foydasiga chiqqan sud qarorlari bilan kelishmadi va ularni (barcha sud qarorlarini) bekor qilish, fuqaroning arizasini qanoatlantirish haqida yangi hal qiluv qarori qabul qilish to‘g‘risida Oliy sudga protest kiritdi.

Protest  Oliy sudning ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining besh nafar sudyalari tomonidan takroriy kassatsiya instansiyada tartibida ko‘rilib, qanoatlantirildi.

Natijada Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Buvayda tumani bo‘limi davlat ijrochisining harakatlari qonunga xilof,  uning «Mol-mulkni onlayn-elektron auksionda  sotish uchun chiqarish to‘g‘risida»gi qarori haqiqiy emas, deb topildi.

Bayonlardan MIB xodimi fuqaroning  (ya’ni arizachining)  mol-mulkini qonunga xilof ravishda auksionga chiqarib yuborganini ilg‘ayotgan bo‘lsangiz kerak.

Yozishga arzirli misolmi?

Albatta-da.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring