Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda yoqilg‘idan katta miqdorda «soqqa» qilgan rahbar qo‘lga tushdi

Surxondaryoda yoqilg‘idan katta miqdorda «soqqa» qilgan rahbar qo‘lga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti

Surxondaryo viloyatida dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilgan filial rahbari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «T.n.» MChJ «Boldir» filiali rahbari Sh.H. 2022 yilning aprel-avgust oylarida «I.A.» MChJga umumiy bahosi 770,5 mln so‘mlik 66,5 ming litr dizel yoqilg‘isini yetkazib berilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, o‘ziga ishonib topshirilgan juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va  209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring