Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda iftorlik marosimini o‘tkazgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Surxondaryoda iftorlik marosimini o‘tkazgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Joriy yilning 14 may sanasida Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida yashovchi fuqaro B.D. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarori hamda karantin qoidalariga zid ravishda yashash uyiga qarindosh-urug‘lari va qo‘ni–qo‘shnilarini yig‘ib Tarovex namozi hamda ommaviy iftorlik marosimini o‘tkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Voqea joyiga yetib borgan tuman IIB va mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani sababli B.D.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan vaqtda jami 4 nafar farzand va nabiralari IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Jumladan, ular tuman IIB XPB profilaktika inspektori va mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga tan jarohati yetkazib, qo‘llarida bo‘lgan temir jismlar bilan Ichki ishlar xodimiga tegishli avtomashina old oynalarini urib sindirib, shikast yetkazishgan.

Ushbu holat bo‘yicha voqea joyiga yetib kelgan tuman IIB tezkor tergov guruhi xodimlariga ham faol qarshilik ko‘rsatishib, qo‘llaridagi tayoq va temir jismlar bilan IIB xodimlariga tan jarohati, navbatchilik qismining avtomashinasining oynalarini urib sindirib, shikast yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan 15.05.2020 yilda Sherobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring